Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ishchi xodimlar ushbu loyihaga munosib o‘z hissalarini qo‘shib, bugungi kunga qadar Malikrabot hududiga 330 dan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar o’tqazishdi.
Albatta bu kabi xayrli ishlarni amalga oshirish o‘zimiz uchun ham, atrof-muhit uchun ham har tomonlama foydalidir.
Axborot xizmati