Joriy yilning 13- noyabr kuni poytaxtimizdagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida Davlat statistika qo’mitasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), MDH statistika qo’mitasi, AQSHning aholini ro’yxatga olish burosi vakillari, xorijiy ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilar anyi paytda O’zbekistonda o’tkazilayotgan sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish tadbirlari yuzasidan fikr almashdi.
Ta’kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.
Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod o’tkazilmoqda.
Axborot xizmati