Navoiy viloyati statistika boshqarmasidan M. Yuldasheva, S. Boboqulov hamda D. Xidirovlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkazilayotgan sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish jarayonlarida tajriba almashish maqsadida, ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etilishi hamda o’tkazilishida faol ishtirok etishdi.
Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkaziladi.
Axborot xizmati