15/11/2021

Joriy yilning 11–12- noyabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan atroflicha tanishdi.

Qo‘mita raisi ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish,  respondentlar bilan muloqot qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Avval xabar berganimizdek, 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

12- noyabr kunida aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlaridan fotolavhalar:

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech