2021- yil 10- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori va mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Xans Fridrix Shodder, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori Yu Yu, Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev va boshqalar qatnashdi.
Xalqaro tashkilot vakillari Davlat statistika qo‘mitasiga 2021- yilda sinov tariqasida hamda 2023- yilda keng ko‘lamda yurtimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarida foydalanish uchun 70 ta planshet va 6 ta noutbuk taqdim etdi.
Mazkur AKT vositalari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ayni vaqtda o‘tkazilayotgan sinov tariqasidagi aholini ro‘yxatga olish tadbirlari jarayonlarida qo‘llanilmoqda.
stat.uz