11/11/2021

 Joriy yilning 11- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsult A. Muradov va Navoiy viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda boshqarmaning ishchi xodimlari ishtirokida, boshqarma majlislar zalida “Respublikamizda YHXB tizimida yangi qabul qilingan qonun va qonun osti” hujjatlar hamda bugungi kunda sodir etilayotgan yo‘l transport  hodisalari oldini olish bo'yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.             

Uchrashuv davomida avtomobillarni texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi, yo'lda harakatlanish davomida tezlikni oshirmaslik, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tishda yo'l harakati qoidalariga rioya qilish yuzasidan  tegishli tushuntirishlar berildi.

Davra suhbati yakunida boshqarma xodimlari mavzuga oid o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va mutaxassisdan atroflicha javob olishdi. Zero, har birimiz  yo‘l harakati qoidalariga rioya etishimiz bilan kimnidir hayotini, qolaversa, o‘z sog‘ligimizga ziyon yetishini oldini olgan bo‘lamiz.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech