10/11/2021

2021- yilning 10- noyabr kuni Uchquduq tumani iqtisodiy kompleks rahbar xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminar yig‘ilishda Uchquduq tumani statistika bo’lim boshlig’i Sh. To’xtayev  qatnashchilariga aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqidagi ma’lumot berib o’tdi.

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda qo‘yidagi vazifalar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi:

- har bir aholi punktlarining sxematik rejalarini texnik shartlarga to‘liq mos ravishda tayyorlanishini ta’minlash;

- ma’muriy-hududiy birliklar ro‘yxati va chegaralarini aniqlashtirish yetkazish;

- aholi punktlari va ko‘chalarga nom belgilarining o‘rnatilishini ta’minlash;

- xonadon va uylarni to‘liq raqamlanishi hamda o‘rnatilishini to‘liq ta’minlash;

Shuningdek, seminar qatnashchilari aholini ro‘yxatga olish varaqalari shakllari bilan tanishtirildi va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida qatnashchilarga aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan savollariga batafsil tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech