09/11/2021

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.

Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida ishtirok etishni xohlagan fuqarolar suhbat asosida tanlab olinib, shartnoma asosida vaqtincha ishga jalb etildi.

Mazkur ishlarni sifatli va yuqori darajada tashkil etish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshliqlari hamda xodimlaridan iborat 50 nafar kishilik ishchi guruhi shakllantirilib, 4 ta sinov hududiga biriktirildi.

Joriy yil 8- noyabr kuni qo‘mitaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ushbu ishchi guruh a’zolari bilan fikr-mulohaza almashilib, ishni to‘g‘ri tashkil etish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh a’zolari ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqot qilish, blankalarning saqlanishi, topshirilishi va boshqa masalalar  yuzasidan ko‘rsatmalar beradi.

stat.uz

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech