2021- yilning 04- noyabr kuni Navoiy Davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Jumladan, pespublikamizda bugungi kunda, ya’ni 1-5 noyabr kunlari sinov tarzida Internet tarmog'i orqali ro'yxatdan o'tish jarayoni davom etayotganligi haqida to'xtalib o'tildi. Respondentlar tomonidan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali census.stat.uz rasmiy veb-saytiga kirgan holda himoya kodi bilan himoyalangan tarzda shaxsiy ma’lumotlarini tizimga kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tishning tartib qoidalari to‘g‘risida qatnashchilarga batafsil ma'lumot berilib, ularni ushbu jarayonda ishtirok etishlari mumkinligini haqida aytib o‘tildi.
Axborot xizmati