2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YaHM hajmi 26 490,6 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 5,3 % ni tashkil etdi. YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,1 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 12,7 %), sanoatda 106,1 % (71,4 %), qurilishda 103,4 % (3,6 %) va xizmatlarda 105,9 % (12,3 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 3,6 % ga o‘sdi va 26 024,8 ming so‘mni tashkil etdi.