Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi "Oʼzbekiston Respublikasi Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-4796 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tizimdagi har bir xodimning talab darajasidagi bilim va malakaga ega boʼlishini taʼminlash maqsadida Davlat statistika Qoʼmitasi tomonidan hududiy boshqarmalarning barcha tarmoq boʼlimlari xodimlar uchun navbatdagi videoseminarlar tashkil
etilmoqda.
Joriy yilning 19- avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʼmitasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorliklni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur vebinar yig‘ilishida Viloyat statistika boshqarmasining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorliklni rivojlantirish statistikasi bo’limi xodimlarining kasbiy koʼnikmalarini aniqlash bilan birgalikda ish jarayoni bilan bogʼliq muhim masalalarni muhokama qilish orqali oʼzaro tajriba almashishga ham katta eʼtibor qaratildi.
O‘zaro ochiq muloqot va tajriba almashish natijasida olingan bilim va ko‘nikmalar asosida ish kunining 2- yarmida Viloyat statistika boshqarmasining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorliklni rivojlantirish statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari barcha xodimlariga 4 kuzatuv savolnoma va 4 korxona (miz) choraklik (12 korxona shakliga ilova) choraklik hisoblari hamda ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savollarga batafsil javob berishdi.