Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi "Oʼzbekiston Respublikasi Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-4796 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tizimdagi har bir xodimning talab darajasidagi bilim va malakaga ega boʼlishini taʼminlash maqsadida Davlat statistika Qoʼmitasi tomonidan hududiy boshqarmalarning barcha tarmoq boʼlimlari xodimlar uchun navbatdagi videoseminarlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 18- avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʼmitasi Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur vebinar yig‘ilishida Viloyat statistika boshqarmasining Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo’limi xodimlarining kasbiy koʼnikmalarini aniqlash bilan birgalikda ish jarayoni bilan bogʼliq muhim masalalarni muhokama qilish orqali oʼzaro tajriba almashishga ham katta eʼtibor qaratildi.
O‘zaro ochiq muloqot va tajriba almashish natijasida olingan bilim va ko‘nikmalar asosida ish kunining 2- yarmida Viloyat statistika boshqarmasining Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari barcha xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 26- fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” tasdiqlangan 104- sonli qarori bo‘yicha, O’zbekiston Respublikasida 2024- yilda qishloq xo’jaligi sohasida ro’yxatdan o’tkazish hamda ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savollarga batafsil javob berishdi.
Axborot xizmati