18/08/2021

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida  20 ta xorijiy davlatdan qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 15,3 ming tonna choy import qilgan.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda choy importi 2,7 mln. AQSh dollariga oshgan.

O‘tgan olti oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

 Xitoy – 12,1 ming tonna

Keniya – 1,1 ming tonna

Eron – 575,7 tonna

Indoneziya – 347,4 tonna

Hindiston – 337,4 tonna

Vetnam – 254,6 tonna

Rossiya – 216,9 tonna

Shri-Lanka – 211,4 tonna

BAA – 148,9 tonna

 

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech