Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi "Oʼzbekiston Respublikasi Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-4796 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tizimdagi har bir xodimning talab darajasidagi bilim va malakaga ega boʼlishini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan hududiy boshqarmalarning barcha tarmoq boʼlimlari xodimlar uchun navbatdagi videoseminarlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 17-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur vebinar yig‘ilishda Viloyat statistika boshqarmasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo’limi xodimlarining kasbiy koʼnikmalarini aniqlash bilan birgalikda ish jarayoni bilan bogʼliq muhim masalalarni muhokama qilish orqali oʼzaro tajriba almashishga ham katta eʼtibor qaratildi.
O‘zaro ochiq muloqot va tajriba almashish natijasida olingan bilim va ko‘nikmalar asosida ish kunining 2- yarmida Viloyat statistika boshqarmasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari barcha xodimlariga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid atamalar, eksport va import mahsulotlarini hisobga olish usullari bo‘yicha, ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savollarga batafsil javob berishdi.
Axborot xizmati