Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi "Oʼzbekiston Respublikasi Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-4796 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tizimdagi har bir xodimning talab darajasidagi bilim va malakaga ega boʼlishini taʼminlash maqsadida Davlat statistika Qoʼmitasi tomonidan hududiy boshqarmalarning barcha tarmoq boʼlimlari xodimlar uchun navbatdagi videoseminarlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 10-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur vebinar yig‘ilishda Viloyat statistika boshqarmasining Statistik registrlarni yuritish bo’limi xodimlarining kasbiy koʼnikmalarini aniqlash bilan birgalikda ish jarayoni bilan bogʼliq muhim masalalarni muhokama qilish orqali oʼzaro tajriba almashishga ham katta eʼtibor qaratildi.
O‘zaro ochiq muloqot va tajriba almashish natijasida olingan bilim va ko‘nikmalar asosida ish kunining 2- yarmida Viloyat statistika boshqarmasining Statistik registrlarni yuritish bo‘limi xodimlari tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari barcha xodimlariga statistik registrlarni yuritishda maʼlumotlarni toʼplash, tahlil qilish va umumlashtirish, maʼlumotlar bazasini yuritish boʼyicha zarur tavsiya va yoʼl-yoʼriqlar berish qatorida, ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savollarga batafsil javob berishdi.
Seminar davomida mavzuga doir tayyorlangan "O'zbekiston Respublikasida Statistik biznes registr ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritish" bo'yicha prezentatsiya namoyish qilindi. Ushbu videoseminar statistika tizimining barcha xodimlarining kasbiy bilimi, malakasi va salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Axborot xizmati