11/08/2021

? Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 5 710,1 mlrd. soʼmni yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan
101,0 % ni tashkil qildi.

✅ Bunda qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hajmi 5 472,9 mlrd. soʼmni yoki oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.

✅ Jami yetishtirilgan qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi - 24,4 % ni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi -75,6 % ni tashkil etdi.

✅ Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 82,5 % ni – dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʼjaliklariga, 13,5 % ni – fermer xoʼjaliklariga, 4,0 % ni – qishloq xoʼjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʼgʼri kelgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech