10/08/2021

2021- yilning 6- avgust kuni, Navoiy viloyati Nurota tumani A. Navoiy MFYda “Aholini ro'yxatga olish” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarda Nurota tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E. Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi haqida ma’lumot berdi.

Аholini roʼyxatga olish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 3 yil davom etadi va bunda ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Ikkinchi bosqichda aholi bevosita ro‘yxatga olinadi va bu 1 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqichda esa ro‘yxatga olish natijalari qayta ishlanadi.

Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig‘ida aholini ro'yxatga olish tadbirlari orqali to'planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘ngida A. Navoiy faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassis tomonidan barcha savollarga to‘liq javob berildi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech