06/08/2021

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyatimizning korxona va tashkilotlarida, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari ishtirokida seminarlar tashkil etilmoqda.

Tuman, shahar statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tashkil etilayotgan seminarlarda qatnashchilarga qarorning mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu Qaror bilan O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olish 2023-yil 1-25- noyabr kunlari o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish tadbiri 2021- yil 1-25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo’jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi to’g’risida maʼlumot berilib amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida tushuntirishlar berildi.  

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

 

 

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech