Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan hududlarda uy-joylar ro‘yxati tuzilib, aholi soniga aniqlik kiritilgan holda xonadonlar ro‘yxati to‘liq yangilab chiqildi.
Bajarilgan ishlar natijasi bo‘yicha xaritalardagi aniqlangan xato va kamchiliklarini tuzatish, lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish uchun hududiy kadastr agentligiga topshirilib, qayta ishlab chiqildi.
Davlat statistikasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish bo’yicha ko’rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi. O’rganish natijasida aniqlangan kamachiliklar yuzasidan tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
stat.uz