Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda jami 48,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 100,1 % ni tashkil etdi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1971,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,1 % ga teng.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 46638,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,9 % ga teng.
Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 12114,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 27545, 9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
stat.uz