Joriy yilning 24- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari o’rtasida “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ulardagi sportga bo’lgan ishtiyoqni rag’batlantirish” bo’yicha boshqarma sport targ‘ibotchisi boshchiligida barcha xodimlar ishtirokida Sportning shaxmat yo‘nalishi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Aqliy sport turi shaxmat bo`yicha sanoat bo`limi bosh mutaxassisi M. Nematov faxrli birinchi o`rinni egalladi.
Musobaqa qiziqarli tarzda bo`lib o`tdi.
Axborot xizmati