Viloyat bo‘yicha 2021- yilning yanvar - iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 3 996,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 643,8 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 95,2 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 3 160,7 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 104,7 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 192,2 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 130,8 % )ni tashkil etdi.
Axborot xizmati