2021- yilning 13- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 710- son Qarorining mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbout anjumanini o’tkazildi. Matbuot anjumanida viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.
Anjumanda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U. Suyunov hamda Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi boshlig’i M. Yuldashevalar ishtirokchilarga qarorning mazmun mohiyati to’g’risida va aholini ro’yxatga olishning asosiy maqsadi to’g’risida batafsil maʻlumot berdi.
Jumladan, ushbu Qaror bilan O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olish 2023-yil 1-25- noyabr kunlari o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish tadbiri 2021- yil 1-25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo’jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi to’g’risida maʼlumot berilib amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ushbu Qaror bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish tartibi to’g’risida" Nizom, “Aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish Dasturi”, “Aholini ro’yxatga olish jarayonlariga jismomiy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom”, O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish hamda natijalarini eʻlon qilish bo’yicha “Yo’l xarita” hamda savolnoma shakllari yuzasidan tushunchalar berildi.
Tadbir davomida anjuman ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tamonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati