12/07/2021

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

Joriy yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish o`tkazilishi ko`zda tutilgan 4 ta hududda uy-joy ro`yhаtini tuzuvchilar tomonidan o’z uchaskasini xatlovdan o’tkazish davomida respondentlar yashaydigan, vaqtincha bo’lib turgan yoki yashashi mumkin bo’lgan barcha binolar ro’yxatini aniqlash va kartografik materiallarni tekshirildi, ularga tegishli belgi qo’yish yuzasidan ishlar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi  Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi xodimi S.Guseynov tomonidan Xiva shahar statistika bosharmasida  statistika bo’limi  xodimlari va  kadastr agentligi xodimlari bilan birgalikda kartalarga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi yuzasidan semenar tashkil etildi.   

 

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech