Navoiylik informatiklar top-100 likda yana peshqadam
“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida har yili uzbekcoders.uz platformasi orqali kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablari “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Unga ko‘ra, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha eng yaxshi, faol 100 nafar o‘qituvchi saralandi.
Navoiylik informatiklar top-100 likda yana peshqadam
“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida har yili uzbekcoders.uz platformasi orqali kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablari “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Unga ko‘ra, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha eng yaxshi, faol 100 nafar o‘qituvchi saralandi.
Top-100 talik ro‘yxatida Navoiy viloyati o‘qituvchilaridan 22 nafari yuqori natijani qo‘lga kiritib, respublika miqyosida birinchilikni egalladi.
Ro‘yxatga ko‘ra, viloyat bo‘yicha Zarafshon shahridan 7, Navoiy shahridan 6, Uchquduq tumanidan 4, Navbahor tumanidan 3, Qiziltepa va Karmana tumanlaridan 1 nafar o‘qituvchi Top-100 talikka kiritilgan.
Navbahorda xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
Navbahor tumani 1-sektor hududidagi “Ko‘xron” mahallasi, “Boyxo” ko‘chasida ishsiz xotin-qizlar soni 10 nafarni tashkil etadi.
Ushbu ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida ular bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida tikuvchilikka qiziqishlari borligi va shu kasb bo‘yicha malakaga ega ekanliklari aniqlanib, subsidiya asosida har biriga tikuv mashinasi berildi.
Ularning tayyor mahsulotlarini sotib olish uchun “Navbahor-Namangan” tikuvchilik ishlab chiqarish kooperativi biriktirildi.
Mahallalarga kompyuter berildi
Zarafshon shahridagi “Konchilar” MFY faollar zalida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi F.Soliyev boshchiligida jamg‘armaning viloyat va shahar bo‘limi xodimlari tomonidan bir qator mahalla fuqarolar yig‘inlarini moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda hududdagi “Konchilar” MFY ga 1 dona printer qurilmasi, “Tinchlik” MFY ga 1 dona kompyuter hamda “Geolog” MFYga 1 dona printer va 1 dona kompyuter vositalari taqdim etildi.
"Chashma" tarixiy-me’moriy majmuasi chet el ommaviy axborot vositalari nigohida
Fransiyaning "Chasse et Peche TV" telekanal ijodkorlari Bertrand Deveaud va Pascal Sarrop Navoiy viloyati turizm salohiyatini ko‘rsatish maqsadida ko‘rsatuv tayyorlamoqda.
Ijodkorlar Nurota tumanidagi "Chashma" tarixiy-me’moriy majmuasi ziyoratgohi hamda viloyatimizda joylashgan To‘dako‘l va Aydarko‘l suv omborlari hududlarida baliq ovlash, baliqchilik fermerlari va "Qizilqum Safari" o‘tovlar va baliq taomlarini tayyorlash jarayonlari haqida videolavhalar suratga oldi.
UzA.uz