Joriy yilning 08- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida boshqarma va tuman, shahar statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan me‘yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tizim xodimlariga yetkazish, ularning bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida vebinar ko‘rinishda seminar tashkil etildi.
Seminarni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining o'rinbosari U. Suyunov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarida targ‘ibot ishlarini olib borish ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi aytib o‘tdi. Targ‘ibot ishlarini olib borishda 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan me‘yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini to‘liq tushunish katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.
Seminar davomida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655- sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi O‘RQ-610-sonli “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risi”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli Qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublika Davlat statistika Qo‘mitasi tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlarning mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Seminar so‘nggida, kun tartibidagi masalalar yuzasidan berilgan ma‘lumotlar asosida yig‘ilish ishtirokchilarining fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Axborot xizmati