08/07/2021

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

Jumladan, Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Xo`jaobod tumani hokimiyatida xaritalarga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi yuzasidan seminar tashkil etildi. 

Tadbirda, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi hodimi O. Siddiqov, Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Mirzayev hamda Xo`jaobod tumani statistika bo’limi  va  kadastr agentligi hodimlari ishtirok etdi.

Joriy yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish o`tkazilishi ko`zda tutilgan 4 ta hududda uy-joy ro`yhаtini tuzuvchilar tomonidan o’z uchastkasini xatlovdan o’tkazish davomida respondentlar yashaydigan, vaqtincha bo’lib turgan yoki yashashi mumkin bo’lgan barcha binolar ro’yxatini aniqlash va kartografik materiallar tekshirildi, ularga tegishli belgi qo’yish yuzasidan ishlar tashkil etildi.

Jarayon so‘nggida, bajarilgan ishlar bo‘yicha hududiy statistika bo‘limi xodimlari uy-joylar royxаtini tuzuvchilardan qilingan ishlarni qabul qilib, Kadastr agentligi xodimlari bilan birgalikda xaritalarga tegishli o’zgartirishlar kiritishmoqda.

 

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech