05/07/2021

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan. 

 

2021- yilning may oyida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan 4 ta hududda uy-joy ro’yxаtini tuzuvchilar tomonidan belgilangan uchastkalarni xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan, vaqtincha bo‘lib turgan yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlash va kartografik materiallarni tekshirish, ularga tegishli belgi qo’yish yuzasidan ishlar tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ham sxematik xaritalarni va xonadonlarning raqamlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayon so‘nggida, bajarilgan ishlar bo‘yicha hududiy statistika bo‘limi xodimlari uy-joylar ro‘yxаtini tuzuvchilardan qilingan ishlarni qabul qilib, Kadastr agentligi xodimlari bilan birgalikda xaritalarga tegishli o’zgartirishlar kiritishmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech