24/06/2021

Joriy yilning 24- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari boshqarma bosh yuriskonsulti А.Murodov  hamda demografiya va mehnat statistikasi boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari I.Аlimov  tomonidan tashkil etilgan navbatdagi eStat 4.0 onlayn tizimi orqali taqdim etish hamda statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda dolzarb vazifalar qatorida mehnat statistikasini samarali tashkil qilishga doir chora-tadbirlar belgilangan edi.

Seminar yakunida korxona va tashkilotlar hisobchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech