26/05/2026

Joriy yilning 25-may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim yoshlari hamda talabalar ishtirokida O‘RQ–707-son Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur qonunning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ushbu Qonunning maqsadi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek ular oʻrtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlari haqida keng tadbiq etilgan.

Mazkur huquqiy targ‘ibot tadbiri yoshlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, qonunchilik hujjatlari mazmunini chuqur anglash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech