Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 16 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 42,8 foizga oshgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 24,9 foizni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-mart):
2022-yil — 5,6 trln so‘m
2023-yil — 6,4 trln so‘m
2024-yil — 7,1 trln so‘m
2025-yil — 10,6 trln so‘m
2026-yil — 16 trln so‘m




