Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-mart oylarida turli rusumdagi 108 769 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
2025-yilda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 457 883 donani tashkil etib, 2015-yilga nisbatan 267,4 ming donaga yoki 2,4 barobarga oshgan.
Yillar kesimida yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi (maxsus yengil avtomobillarni qo‘shgan holda):
2015-yil — 190,5 ming dona
2016-yil — 92,7 ming dona
2017-yil — 145,2 ming dona
2018-yil — 225,8 ming dona
2019-yil — 278,0 ming dona
2020-yil — 285,2 ming dona
2021-yil — 242,2 ming dona
2022-yil — 341,2 ming dona
2023-yil — 426,1 ming dona
2024-yil — 435,2 ming dona
2025-yil — 457,9 ming dona (dastlabki ma’lumot)




