18/05/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 19 490 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 427 tasi qo‘shma va 15 063 tasi xorijiy korxonalardir.

So‘nggi besh yilda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,4 barobarga, shu bilan birga xorijiy korxonalarning jamiga nisbatan ulushi 61,3 foizdan 77,3 foizgacha oshgan.

O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

Xitoy — 5 615 ta;

Rossiya — 3 308 ta;

Turkiya — 2 216 ta;

Qozog‘iston — 1 259 ta;

Janubiy Koreya — 721 ta;

Afg‘oniston — 656 ta;

Ozarbayjon — 452 ta;

Tojikiston — 437 ta;

BAA — 427 ta;

Hindiston — 405 ta.

korxonalar-lotin-uzstat_p98496

Tugmani bosing Tinglash GSpeech