“NKMK” AJ Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Jarayonda Milliy statistika qo‘mitasidan biriktirilgan vakil I. Raximov, Transport vazirligi vakili Sh. Norqulov hamda Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Ziyatov ishtirok etdi.

Amaliy o‘rganish davomida shtabning ish faoliyati, tarkibiy tuzilmasi, mas’ul xodimlar vazifalari, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur texnik vositalar holati hamda ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Ta’kidlanishicha, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — har bir oila, fuqaro va xo‘jalik subyekti haqidagi aniq ma’lumotlarni jamlash orqali mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, samarali boshqaruv va farovon kelajak istiqbolini belgilashga xizmat qiladi.




