14/01/2026

2026-yil 14-yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasi hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri bo’yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari, shuningdek uning jamoat hayoti va iqtisodiy rejalashtirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ro‘yxat natijalari orqali yagona va ishonchli ma’lumotlar bazasi shakllanishi, hududiy siyosatni aniq belgilash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ta’kidlandi.

Seminar jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi va ma’lumotlarning maxfiyligi bo‘yicha batafsil javob oldi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech