2026-yil 15-yanvardan boshlab mamlakatimizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri tashkil etiladi. Shu munosabat bilan bugun viloyat shtab a’zolari ishtirokida navbatdagi yigʻilish bo‘lib oʻtdi.

Tadbirda roʻyxatga olish jarayonining huquqiy asoslari, uni tashkil etishning mexanizmi, shuningdek roʻyxatga olish vaqtida tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman va shahar hududiy shtab a’zolari, hokimlik vakillari, mas’ul tashkilot va korxona rahbarlari hamda roʻyxatga olish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi mutasaddi xodimlar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi.
Muloqot davomida roʻyxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, tashkiliy masalalarni o‘z vaqtida hal etish va jarayonlarni puxta muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.



