Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 6,7 ming nafarga yoki 19,3 % ga kamaygan.
O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:
Rossiya – 6 235 nafar;
Tojikiston – 5 943 nafar;
Qirg‘iz R. – 4 219 nafar;
Koreya – 3 410 nafar;
Turkiya – 2 381 nafar;
Xitoy – 1 231 nafar
Qozog‘iston – 1 074 nafar;
Buyuk Britaniya – 870 nafar;
Germaniya – 384 nafar;
AQSH – 333 nafar.




