07/01/2026

Joriy yilning 7-yanvar kuni Zarafshon shahridagi mahalla yettiligi xodimlari uchun viloyat statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan uchinchi bosqich o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, savolnomalarni to‘ldirish, shuningdek, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur o‘quv seminarlar ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli, aniq va belgilangan muddatlarda amalga oshirishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech