2026-yil 5-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–259-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida Farmonda raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash, tejamkorlik va samaradorlikni oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, xarid jarayonlarini tartibga solish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi muhim vazifalar belgilab berilgani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan aniq va tushunarli javoblar berildi.



