11/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-noyabrdagi 742-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumanida amaliy ishlar yuqori sur’atlarda olib borilmoqda.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Transport vazirligi vakili Sh. Norqulov Konimex tumani Birlik MFY yettiligi xodimlarining xonadonma-xonadon yurib, turar joy manzillarini aniq belgilash va GPS koordinatalarini maxsus axborot dasturiga kiritish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech