24/10/2025

Aholining ayrim toifalarini roʻyxatga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, tegishli muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyatlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmonining 8-g bandida, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab aholining ayrim toifalarini roʻyxatga olishni tashkil etish belgilangan.

Joriy yilning 24-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan aholining ayrim toifalarini roʻyxatga oluvchi masʼul xodimlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbir davomida Farmonda belgilangan asosiy vazifalar, roʻyxatga olishning maqsadi va bosqichlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim toifalarni elektron soʻrovnoma axborot tizimi orqali toʻldirish tartibi va undan samarali foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalar sinovdan oʻtkazildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech