Joriy yilning 23-oktabr kuni Navoiy viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — aholining Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlash hamda fuqarolarga ochiq muloqot maydonini yaratishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Mutaxassislar ishtirokida savol-javoblar o‘tkazilib, ro‘yxatga olish jarayoni amaliy tarzda namoyish etildi. Ushbu jarayon fuqarolarga ro‘yxatga olishda qo‘llaniladigan usullar va imkoniyatlarni yaqqol tasavvur etish imkonini berdi.


Tadbir ishtirokchilari bunday ochiq uchrashuvlarning fuqarolarning xabardorligini oshirish, ishonchni mustahkamlash va ro‘yxatga olish jarayoniga faol ishtirokni ta’minlashdagi ahamiyatini alohida qayd etdi.



