Joriy yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Navbahor tumanidagi mahalla raislari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Farmonda belgilangan asosiy vazifalar, ro‘yxatga olishning maqsadi, bosqichlari hamda ushbu jarayonning davlat boshqaruvi, ijtimoiy siyosat va iqtisodiy rejalashtirishdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik jarayonlarida mahallalarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.