Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 814,3 ming tonna karam yetishtirilgan.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha ularning hajmi quyidagicha:
fermer xoʻjaliklarida – 209,9 ming tonna;
dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 535,8 ming tonna;
qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 68,6 ming tonna.