25/07/2025

2025-yil 25-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Har oyda bitta kitob o‘qiymiz” shiori ostida kitobxonlik tadbirining ikkinchi bosqichi tashkil etildi.

 

Tadbirdan asosiy maqsad — xodimlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning intellektual salohiyati, tahliliy fikrlash ko‘nikmalari va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishdan iborat.

Tadbirda boshqarma hamda hududiy bo‘limlar xodimlari ishtirok etib, o‘zlari mustaqil tarzda o‘qib chiqqan asarlar bo‘yicha komissiya a’zolariga va tizimdagi boshqa xodimlarga qisqacha mazmun-mohiyati, asosiy g‘oya va hayotiy saboqlari haqida taqdimotlar o‘tkazishdi.

Tadbir davomida o‘qilgan kitoblarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va dolzarbligi haqida batafsil mulohazalar yuritilib, ularning hayotiy ahamiyati yoritib berildi.

Bunday tadbirlar xodimlarning o‘z ustida ishlashi va jamoada ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech