25/07/2025

Joriy yilning  25-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 2025-yilning II chorak yakunlari boʻyicha kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari ishtirok etdi.

Kengash yigʻilishini boshqarma boshligʻi Tashnazarov Asqar Abdumuratovich ochib berdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining statistik tizim oldiga qoʻygan ustuvor vazifalari, shuningdek II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan axborot berildi.

Tadbir davomida II chorak yakunlari chuqur tahlil qilinib, tizim faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Kengash yigʻilishi yakunida tegishli bo‘linmalar oldiga aniq vazifalar va kelgusi chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech