11/07/2025

2025-yil 11-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti hamkorligida ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Suyunov, boshqarma Inson resurslarini boshqarish bo‘limi xodimi Z. Xushmatov, Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshlig‘i M. Yuldasheva hamda universitetning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida ishtirokchilarga statistika tizimidagi so‘nggi islohotlar va yangiliklar, hududiy ko‘rsatkichlarning shakllantirilishi, e’lon qilinishi va undan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, statistik organlardagi vakant lavozimlar, ularga ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Suhbat davomida, shuningdek, Roʻyxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari, ularning qanday amalga oshirilishi, bu jarayonning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech