11/07/2025

2025-yil 11-iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan navbatdagi huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik A. O‘sarov ishtirok etdi.

 Muloqot davomida podpolkovnik A. O‘sarov korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari hamda davlat xizmatchilarining bu boradagi mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

 Qonun ijrosini ta’minlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari, halollik mezonlariga asoslangan ish yuritish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.

 Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

 Bunday tadbirlar xodimlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish va qonunlarga amal qilish tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech