04/07/2025

Joriy yilning 4- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida psixologiya yo‘nalishida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Tadbirga Navoiy davlat universiteti Psixologiya markazi rahbari, tajribali mutaxassis R.Ashrapov taklif etildi.

 Ma’ruzachi tomonidan inson ruhiy holatini barqaror ushlab turish, ish joyidagi psixologik muhit, stressga qarshi kurashish, ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo muloqot madaniyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

 Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda psixologik maslahatlar olishdi.

 Mazkur uchrashuv xodimlar ruhiy holatini mustahkamlash, mehnat samaradorligini oshirish va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech