26/06/2025

Navoiy viloyat statistika boshqarmasida yosh xodimlar orasida ilm-fan, tafakkur va innovatsion dasturiy taʼminotni qo‘llab-quvvatash hamda  “Maʼrifat yoshlar – millat faxri” shiori ostida intellektual musobaqa oʻtkazildi. Ushbu tanlov 30 yoshga to‘lmagan iqtidorli va iste’dodli yosh xodimlar o‘rtasida kompyuterda onlayn IQ test shaklida olib borildi .

Shuningdek musobaqada ishtirokchilar mantiqiy fikrlash sinovlari, hal qilish, tahlil qilish va intellektual aniqlovchi testlardan o‘tishdi. Ushbu tadbir – yosh avlodni bilim olish, izlanishga va o‘z ustida ishlashga undash, iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni o‘z ish ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech